Sifatli yo‘llar — farovon hayot garovidir
2026-03-31 14:10:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-18-30-3-54-K/26-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil davomida ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha “Manzilli dastur” tasdiqlandi.

Mazkur dastur doirasida 4,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, tumandagi 29 ta ko‘chada jami 19,5 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanadi.
📍 Jumladan:
Yangiobod ShFYda – 4 ta ko‘cha
Sovot QFYda – 7 ta ko‘cha
Balandchaqir MFYda – 3 ta ko‘cha
Xo‘jamushkent QFYda – 2 ta ko‘cha
Do‘stlik MFYda – 3 ta ko‘cha
Havotog‘ QFYda – 2 ta ko‘cha
Sarmich MFYda – 4 ta ko‘cha
Shodlik MFYda – 4 ta ko‘cha
🚜 Ushbu keng ko‘lamli ishlar natijasida mahallalardagi yo‘l infratuzilmasi yanada yaxshilanib, aholining harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratiladi.
✨ Yangiobodda bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda!


