Ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy seminar
2026-03-30 15:35:00 / Yangiliklar
Sarmich MFYda ayollar daftarining ishsiz toifasida ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlar uchun tomorqadan samarali daromad topish yo‘llariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida namunali tomorqa egalari, tadbirkorlar N. Yunusova va J. Xamroqulov o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
🌹 Xususan:
- Tomorqada atirgul ko‘chatlari yetishtirish,
- urug‘ tayyorlash va ko‘paytirish jarayonlari,
- hosildorlikni oshirish usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💬 Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, amaliy tavsiyalar bilan boyitildi.
✅ Mazkur seminar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









