Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim maydoni
2026-03-30 12:35:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumani hokimi I. Qarshiboyev Balandchaqir MFY hududida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda tuman IIB boshlig‘i J. Xojanov, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ham ishtirok etdi.
🤝 Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Xususan:
- ijtimoiy muammolar,
- yer va kadastr masalalari,
- kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar,
- bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga oid takliflar ko‘rib chiqildi.
📝 Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
✅ Bunday sayyor qabullar orqali aholi bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, mavjud muammolarni joyida hal etish imkoniyati yaratilmoqda.









