Yangiobodda “Hokim Olimpiadasi” – yoshlar ringda!
2026-03-27 14:05:00 / Yangiliklar
Yangiobod tumani sport maktabida “Prezident Olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi doirasida 13–14 yoshli o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida taekvondo (WTF) bo‘yicha “Hokim Olimpiadasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

💥 Musobaqa davomida yosh sportchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va matonatini namoyon etib, haqiqiy sport ruhini ko‘rsatishdi.
🏆 Ushbu bellashuv yoshlar orasida:
— sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
— jismoniy faollikni oshirish,
— sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.
👏 Yakunda esa eng kuchli ishtirokchilar g‘olib va sovrindor sifatida munosib taqdirlandi.
🔥 Yangiobod yoshlari – kelajak chempionlari!





