Tumanda yosh nikohlanuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-03-12 10:30:00 / Yangiliklar
Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ajrimlarning oldini olish maqsadida yosh nikohlanuvchilar bilan tarbiyaviy suhbat tashkil etildi. Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Rayimova ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mustahkam oila qurish, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, oiladagi tinchlik va hamjihatlikni saqlash masalalari haqida fikr almashildi.
Suhbat ishtirokchilariga oilada sabr-toqat, bir-birini tushunish va farzand tarbiyasidagi mas’uliyatning ahamiyati tushuntirildi. Yoshlarga mustahkam va baxtli oila qurish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar yosh oilalar uchun juda foydali ekanini ta’kidladilar.





