Yilning eng yaxshi yordamchi agenti aniqlandi
2025-12-24 15:55:00 / Yangiliklar
2025-yil 24-dekabr kuni Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti” ko‘rik-tanlovining final bosqichi yakunlandi.

Mazkur tanlovda Yangiobod tumani Biznesni rivojlantirish banki ishtirokchisi Murotov Humoyun Sherzod o‘g‘li munosib ishtirok etdi. U tanlovning 1-, 2- va 3-bosqichlarida ham 1-o‘rinni egallab, final bosqichiga yo‘l oldi.
Finalda esa hududlararo bosqichda Jizzax viloyati bo‘yicha, shuningdek Respublika miqyosida Biznesni rivojlantirish banki yo‘nalishida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti” deb topildi.
🏆 Ushbu yutuq Murotov Humoyun Sherzod o‘g‘lining kasbiy mahorati, mas’uliyati va mijozlar bilan ishlashdagi yuqori saviyasining yorqin e’tirofidir.
🎉 G‘olibni ushbu yuksak natija bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!





