Bayran tadbiri
2025-12-24 12:05:00 / Yangiliklar
Bugun Yangiobod tumani hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Yangiobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va Madaniyat markazi hamkorligida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ularning farzandlari uchun unutilmas bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi I.Qarshiboyev, tuman prokurori Sh.Salimov va tuman IIB boshlig'i J.Xojanovlar ishtirok etib, mehribon qalblari ila yig'ilganlarga bayram sovg'alarini ulashdilar.
🎭🎶 Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan sahnalashtirilgan musiqiy chiqishlar va hajviy film esa barchaga a'lo kayfiyat ulashdi.
Bu kabi tadbirlar orqali jamiyatimizning har bir a'zosiga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish, ularning hayotini yanada mazmunli qilish maqsad qilingan. Barcha ishtirokchilarga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!








