⚡️ E’tirof va ehtirom ⚡️
2025-12-22 17:30:00 / Yangiliklar
Bugun bir guruh tumandoshlarimiz energetika sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnatlari, tajriba va kasbiy sadoqatlari uchun “Energetika faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Ushbu yuksak e’tirof soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan, yosh mutaxassislarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan fidoyi insonlarga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorlik ramzidir.
Barcha taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etamiz, mustahkam sog‘liq, xonadonlariga fayz-baraka tilaymiz!




