Sayyor qabul
2025-12-22 12:30:00 / Yangiliklar
Bugun, avval xabar berganimizdek, Sarmich MFYda tuman hokimining mahalla aholisi bilan navbatdagi “Sayyor qabuli” o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Qabul jarayonida jami 3 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 1 tasi joyida hal qilindi, qolgan 2 tasi esa muddat talab qiladigan masalalar bo‘lgani uchun mas’ul tashkilot va mutasaddilarga ijro uchun topshirildi.
Shuningdek, uchrashuv chog‘ida mahallada jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan ham batafsil fikr almashildi.
Sayyor qabullar aholining muammolarini o‘rganish va ularni joyida hal etishning samarali mexanizmi sifatida izchil davom ettiriladi.









