Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasi
2025-12-13 11:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ–5148-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 23-son qaroriga muvofiq, Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmalarining qo‘shma qarorlari asosida joriy yilning 13-dekabr kuni Yangiobod tumanida navbatdagi sport tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir Yangiobod tumani Sport maktabining sun’iy qoplama maydonida o‘tkazilib, unda mahallalarda istiqomat qiluvchi 30–70 yoshdagi erkak va ayollar ishtirok etdi. Ishtirokchilar belgilangan maxsus sport normativlari bo‘yicha o‘z jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etdilar.
Sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar Sport vazirligi tomonidan taqdim etilgan guvohnoma va ko‘krak nishonlari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. Ushbu tadbir aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda turli yoshdagi fuqarolarni ommaviy sportga keng jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.





