“Sahovat” mahallasida yil davomida pomidor yetishtirilmoqda
2026-10-31 11:10:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Sahovat”mahallasida tadbirkor Najmiddinov Islom tomonidan zamonaviy issiqxona qurildi, 54 sotix maydondagi “parnik”da asosan oliy navli pomidor hamda bulg‘or qalampiri yetishtirilib, ichki bozorga va eksportga chiqarilmoqda.

Issiqxonada ko‘chatlar zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanadi. Shu bois bu yerda yilning barcha fasllarida pomidor yetishtirish imkoniyati yaratilgan. Hozirda yiliga 20 tonna hosil olinib, eksport qilinmoqda.Qolgan qismi esa ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Ahamiyatlisi bu yerda 10 dan ortiq kishi doimiy ish bilan band. Mazkur mehnat ortidan tadbirkor yiliga o‘rtacha 400 million so‘m daromad olmoqda. Eng muhimi, bu kabi issiqxonalar aholini sifatli mahsulot bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






