Oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari jadal davom etmoqda
2026-11-02 17:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, xususan, oqova suv tarmoqlarining holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Jaloliddin Manguberdi va Kosonsoy ko‘chalarida jami 2,1 kilometr uzunlikdagi oqova suv tarmoqlari yangilanmoqda. Ishlar doirasida avvalgi diametri 400 mm bo‘lgan eski quvurlar o‘rniga 500 mm li yangi quvurlar yotqizilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur loyiha tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish, oqova suv tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






