Talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-10-22 14:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuv avvalida mutaxassislar tomonidan psixotrop moddalar va narkotik vositalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri, ularning jismoniy va ruhiy holatga zarari hamda og‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berildi. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish va bunday illatlarning oldini olish muhimligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida tuman hokimi talabalarning murojaat va takliflarini tinglab, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashdi. Ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









