Bozor hududidagi mavjud holat o‘rganildi
2026-10-21 14:45:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida joylashgan “Qurilish mollari savdo bozori” hududidagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida bozor hududida tartib-intizomni ta’minlash, sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya etish, noqonuniy qurilmalar hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan joylarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Hududni tartibga keltirish, savdo faoliyati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






