Yangi Namangan tumani hokimining shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-10-20 11:00:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolar tomonidan shartnoma to‘lovlarini qoplab berish, moddiy yordam, bandlikni ta’minlash, elektr ustunlarini o‘rnatish, kommunal qarzdorlik va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar yuklatildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalari nazoratga olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






