Tumanda 9 oylik faoliyat yakunlari va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
2026-10-19 21:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida joriy yilning 9 oyi davomida barcha sohalarda amalga oshirilgan ishlar, belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosi va mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlaridagi ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahallalarda aholi daromadlarini oshirish, fuqarolar murojaatlarini hal etish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.
Muhokama davomida erishilgan natijalar bilan birga, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi.
Mas’ullarga vazifalar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ish samaradorligini oshirish va har bir yo‘nalishda natijadorlikka erishish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






