Ko‘prik qurilishi oldidan zarur choralar belgilandi
2026-10-19 09:50:00 / Yangiliklar

Loyihaga ko‘ra, tuman hududidan o‘tuvchi D-110 avtomobil yo‘li va “Oromgoh” ko‘chasi kesishmasida, Katta Namangan kanali ustida zamonaviy ko‘prik barpo etiladi. Umumiy qiymati 6 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida eni 16 metr, uzunligi 24 metrlik ko‘prik qurilishi rejalashtirilgan.
Mazkur inshootning barpo etilishi hududda transport harakatini yengillashtirish, tirbandliklarni kamaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda avtomobil yo‘lining o‘tkazuvchanlik imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida joyiga chiqqan holda atrof hududdagi mavjud obyektlarning qurilishga ta’siri baholandi. Shuningdek, yo‘l ochish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilib, loyihani amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




