Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
2026-10-15 16:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida uchrashuvlar davom etmoqda.

Yangi Namangan tumanida yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida uchrashuvlar davom etmoqda.
Navbatdagi muloqot Boborahim Mashrab mahallasida tuman hokimligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlarning qiziqishlari, maqsad va rejalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Bunday muloqotlar yoshlar bilan yaqindan ishlash, ularning intilishlarini rag‘batlantirish va kelgusidagi rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






