Beruniy qozonxonasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi
2026-10-14 12:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda isitish tizimlarining ishonchli faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Abu Rayhon Beruniy nomidagi mahallada joylashgan “Beruniy” qozonxonasida o‘tkazildi. Unda qozonxonaning texnik holati, issiqlik ishlab chiqarish imkoniyatlari va tizimning mavsum davomida barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, isitish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni barvaqt aniqlash, texnik nosozliklarning oldini olish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






