Ta’lim muassasasi huzuridagi kichik sex faoliyati bilan tanishildi
2026-10-12 14:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi 49-sonli alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning ehtiyojlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur muassasada tadbirkor Alisher Akramov tomonidan tashkil etilgan kichik sex faoliyati bilan ham tanishildi. Ushbu sexda 10 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ishchilarning 3 nafari ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolar, 1 nafari esa nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanadi.
Ayni paytda sexda 10 turdagi mahsulot ishlab chiqarilib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Bu kabi tashabbuslar yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






