Qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari nazoratda
2026-10-14 14:45:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi 83-sonli umumta’lim maktabi va 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasalarning mavsumga tayyorgarlik darajasi o‘rgandi.
Tashrif davomida isitish tizimlarining holati, elektr ta’minoti, yoritish moslamalari hamda binolardagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish va qish mavsumida bolalar uchun iliq hamda qulay muhitni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.
Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ta’lim muassasalarini qish mavsumiga tayyor holatga keltirish va ta’lim-tarbiya jarayoni uchun zarur sharoitlarni ta’minlashdan iborat.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









