Ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi
2026-10-08 14:45:00 / Yangiliklar

Mazkur ta’lim muassasasida yoshlarning bilim olishi, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Buning samarasi o‘laroq, o‘tgan o‘quv yilida maktab bitiruvchilarining 100 foizi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.
Maktab direktori iqtidorli o‘quvchilarning erishgan yutuqlari va yuqori natijalari haqida ma’lumot berdi. Yoshlar ijodiy ishlari, innovatsion ishlanmalar va startap loyihalari bilan bo‘lishdilar.
Uchrashuvda “Yil o‘qituvchisi” tanlovining yakuniy natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mazkur maktab o‘qituvchisi ham munosib taqdirlandi. Tuman hokimi Gulshoda Hakimovani ushbu nufuzli yutuq bilan tabriklab, unga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









