Murojaatlar joyida o‘rganilib, qonuniy yechimlar belgilandi
2026-10-08 10:45:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasida aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Murojaatlar asosan uy-joy, mol-mulk huquqi, kadastr, shuningdek, noqonuniy egallab olingan yer maydonlari va Majburiy ijro burosi tomonidan buzish bo‘yicha ijroga qaratilgan obyektlar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.

Har bir murojaat mas’ullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, masalalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish choralari belgilandi.
Fuqarolarga mavjud tartib-taomillar va qonuniy yechimga kelish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Murojaatlar yuzasidan belgilangan vazifalarning ijrosi mas’ullar nazoratiga olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






