Yangi Namangan tumanida mahallalardagi kriminogen vaziyat va profilaktik ishlar o‘rganildi
2026-10-07 19:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi, prokuraturasi hamda tegishli tashkilotlar mas‘ullari ishtirokida tumandagi “Mingterak”, “Axsikent” va “Beruniy” mahallalarida kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hududlar kesimida ko‘rib chiqildi.
Mas‘ullarga mavjud muammolarni manzilli bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda “qizil” toifadagi mahallalarni bosqichma-bosqich “yashil” toifaga o‘tkazish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, kunlik xizmatga jalb etilgan xodimlarga hududdagi vaziyatdan kelib chiqib xizmatni samarali tashkil etish va kuch-vositalardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati






