O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi
2026-10-01 16:15:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda ta’lim sohasida mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar, soha faxriylari hamda tajribali pedagoglar ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi ustoz va murabbiylarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi muhim o‘rnini ta’kidlab, barcha soha xodimlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Tantana davomida bir guruh fidoyi pedagoglarga tuman hokimining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbiri san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari va badiiy chiqishlari bilan davom etdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









