“Mingchinor” mahallasidagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilib, hudud obod etilmoqda
2026-09-29 16:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining barcha mahallalarida hudud obodligi, aholi farovonligi va osoyishtaligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar tashkil etilmoqda.

“Mingchinor” mahallasida ham bu boradagi ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Hozirda mahalla hududida o‘zboshimchalik bilan tiklangan qurilmalar bartaraf etilib, aholi va avtomashinalar harakati uchun noqulaylik tug‘dirayotgan yo‘l ochib qo‘yilmoqda.
Tuman hokimi holatni ko‘zdan kechirib, hududni obod va ko‘rkam saqlash, mavjud muammolarni hal etish hamda mahalla xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar berdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









