87-sonli maktab va 77-sonli bog‘chada tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi
2026-09-29 12:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida ta’lim muassasalarini 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Bugun 87-sonli umumta’lim maktabi hamda 77-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida mavsumga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.
Muassasalarda isitish tizimlari, elektr ta’minoti, yoritish vositalari va xavfsizlik holati bilan bir qatorda, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud infratuzilmani yaxshilash va sovuq kunlarda ta’lim-tarbiya jarayonini uzluksiz tashkil etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









