Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi
2026-09-29 18:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi.

Qabul davomida uy-joy, bandlik, subsidiya, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shnichilik mojarosi, kommunal qarzdorlik va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Har bir masala bo‘yicha tegishli yondashuv belgilandi, ayrim murojaatlarga joyida tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va mas’ul tashkilotlar ishtirokini talab etgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar topshirildi.
Fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






