“Ma’naviyat” mahallasida hudud obodonlashtirilmoqda
2026-09-28 11:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida mahallalar qiyofasini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar atrofini tartibga keltirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

Xususan, “Ma’naviyat” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Eski garajlar o‘rnida avtoturargohlar, bolalar o‘yin maydonchalari, dam olish maskanlari hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida hududning ko‘rinishi yaxshilanib, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yanada qulay muhit shakllantiriladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









