Tadbirkorlar murojaatlari o‘rganilib, aniq vazifalar belgilandi
2026-09-25 13:30:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida tadbirkorlarning murojaat va takliflarini bevosita o‘rganish, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun tuman hokimi “Mingchinor” mahallasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.
Ko‘tarilgan masalalarni joyida ko‘rib chiqish, tadbirkorlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






