Mahallalardagi ishlarning natijadorligi tahlil qilindi
2026-09-25 09:55:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish va natijadorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan maxsus shtabda mahallalardagi holat kunlik o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilib borilmoqda.
Bugun ham mahallalarda bajarilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama etildi.
Mas’ullarga har bir mahalladagi holatni chuqur o‘rganish, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




