“Ishonch” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-09-21 17:30:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholi murojaatlarini bevosita joyida o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabullar muntazam tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashi deputati A. Karabaev tomonidan “Ishonch” mahallasida o‘tkazildi.
Qabulda mahalla aholisining murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan kadastr, uy-joy, moddiy yordam, davolanish uchun ko‘mak, kommunal soha bilan bog‘liq masalalar hamda hududlarni obodonlashtirish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir masala yuzasidan tegishli choralar belgilab olinib, mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






