Yangi Namangan tumanida investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari oshmoqda
2026-09-23 09:10:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

2026-yilda umumiy qiymati 1 trln 375,3 mlrd so‘m bo‘lgan 110 ta loyihani amalga oshirish orqali 4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish belgilangan. Bugungi kunga qadar 70 ta loyiha ishga tushirilib, 1700 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ham ijobiy natijalar qayd etilmoqda. Uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, tumanda 428 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Eksport hajmini oshirish borasida ham muayyan natijalarga erishilib, uchinchi chorak holatiga 45,358 mln dollarlik mahsulot tashqi bozorlarga eksport qilindi. Eksport tarkibida sanoat mahsulotlari asosiy ulushni tashkil etmoqda.
Mazkur natijalar tumanda investitsiya, ishlab chiqarish va bandlik yo‘nalishlaridagi ishlar samarasini ko‘rsatmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









