Prokuror kubogi uchun kurash musobaqasi o‘tkazildi
2026-09-24 13:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Prokuror kubogi” kurash musobaqasi o‘tkazildi.

Namangan davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada yigit-qizlar sport mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdilar.
Bellashuvlar qiziqarli va do‘stona ruhda o‘tdi. Yakunda faol ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantirilib, g‘olib va sovrindorlarga munosib mukofotlar topshirildi.
Bunday sport musobaqalari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishi va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









