Viloyat prokuraturasi rahbariyati yoshlar bilan ochiq muloqot qildi
2026-09-24 12:05:00 / Yangiliklar
Yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida Yangi Namangan tumanida viloyat prokuraturasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlarning murojaatlari tinglanib, aliment, probatsiya nazoratidan chiqarish, bandlikni ta’minlash, kredit olish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






