Reyestrdagi oilalar bilan manzilli ishlar davom etmoqda
2026-09-23 17:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini oshirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Bugun “Go‘zal” mahallasida reyestrdagi oilalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi hamda mavjud muammolari o‘rganildi.
Muloqot davomida fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va daromadli mehnat faoliyatiga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






