O‘yinchoq mahsulotlari eksporti kengaymoqda
2026-09-22 15:50:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tumandagi “Mahliyo Shodlik” MChJ 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, korxonada 30 turdagi o‘yinchoqlar ishlab chiqariladi. Bu orqali 15 kishi mehnat bilan band.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga xorijiy bozorlarda ham talab mavjud. Ayni paytda korxona mahsulotlari Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston davlatlariga eksport qilinmoqda. Bugunga qadar esa 30 ming AQSh dollarlik mahsulot tashqi bozorga yetkazilgan.
Tuman hokimi korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarish jarayoni va eksport imkoniyatlarini o‘rgandi. Faoliyatni kengaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






