Ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash ishlari davom etmoqda
2026-09-21 14:05:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv tarmoqlarini yangilash ishlari davom etmoqda.

Ayni kunlarda “Tinchlik” va “Yoshlik” mahallalari hududida eski ichimlik suvi tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida eski D-500 mmli suv tarmog‘i yangilanib, 2300 metr yangi tarmoq yotqizilmoqda.
Mazkur ishlar yakuniga yetkazilishi natijasida 2130 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 9230 nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.
Hozirda hududda belgilangan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, yangi suv tarmoqlarini barpo etish jarayoni davom etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






