Yangi Namangan tumanida ijtimoiy-ma’muriy ma’lumotlarni boshqarish platformasi taqdimoti o‘tkazildi
2026-09-21 10:35:00 / Yangiliklar

Taqdimot davomida platforma orqali fuqarolar, oilalar, xonadonlar, mahallalar va tadbirkorlar haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, oilalarning ijtimoiy holatini tahlil qilish, bandlik va daromad manbalarini o‘rganish imkoniyatlari namoyish etildi.
Shuningdek, “Oila pasporti”, ijtimoiy himoya, moliyaviy yordam, kredit va boshqa yo‘nalishlardagi ma’lumotlarni tizimlashtirish hamda mas’ul xodimlar faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari ko‘rsatib berildi.
Platformani amaliyotga keng joriy etish orqali aholi bilan ishlashda manzillilik va tezkorlikni ta’minlash, mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati yaratiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






