Talabalar turar joyida amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-09-18 22:50:00 / Yangiliklar
Bugun Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Yangi Namangan tumanining Furqat mahallasi, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 12 qavatli talabalar turar joyida rejalashtirilgan yong‘in o‘chirish amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida yong‘in yuzaga kelganda uni tezkor bartaraf etish, odamlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda favqulodda vaziyatlar xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, mas’ul xizmatlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi, tezkor harakatlanishi va mavjud kuch-vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlari baholandi.
Mazkur o‘quv mashqi aholi, xususan, talabalar turar joylarida xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









