“Yoshlar ligasi” viloyat chempionatiga start berildi
2026-09-17 17:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida futbol musobaqasi tashkil etildi.

“Dinamo” o‘yingohida Namangan viloyatidagi 16–30 yoshli uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Yoshlar ligasi” viloyat chempionatining 1-davra 1-turi doirasida Yangi Namangan tumani va Pop tumani terma jamoalari o‘rtasida ochilish o‘yini o‘tkazildi.
Musobaqada yoshlar o‘zlarining sport mahorati va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Bunday sport tadbirlari yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









