University of Business and Science talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-17 11:00:00 / Yangiliklar
Har payshanba — Yoshlar kuni doirasida Yangi Namangan tumanining “Oromgoh” mahallasida faoliyat yuritayotgan University of Business and Science xususiy universiteti 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarining maqsad va rejalari, taklif hamda mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, yoshlarning ta’lim, bandlik va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi qarashlari yuzasidan fikr almashildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ular bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









