“Mehnatobod” mahallasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-09 12:20:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimi “Mehnatobod” mahallasida tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Muloqotda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirish, ish o‘rinlari yaratish va mavjud muammolarni hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar va takliflarini bildirdi. Murojaatlar mas’ullar tomonidan o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Bunday uchrashuvlar tadbirkorlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va hududda yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






