Ijtimoiy soha obyektlarining holati o‘rganildi
2026-09-16 10:10:00 / Yangiliklar
Bugun Yangi Namangan tumani hokimi va tuman prokurori tomonidan “Guliston” mahallasida joylashgan 39-sonli umumta’lim maktabi hamda 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Shuningdek, tumandagi ta’lim muassasalarining umumiy ahvoli tahlil qilinib, ta’mirtalab, og‘ir toifaga kiruvchi hamda qo‘shimcha o‘quv binolariga ehtiyoji mavjud maktablar holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal qilish hamda ta’lim muassasalarida munosib sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









