Yangi Namangan tumanida yangi turar joy majmuasi qurilishi davom etmoqda
2026-09-15 12:25:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy sharoitlarga ega yangi turar joy majmuasi qurilishi davom etmoqda.

Loyiha tumanning Abu Rayhon Beruniy nomli mahallasi, Jaloliddin Manguberdi ko‘chasi hududida amalga oshirilmoqda.
“Rizo qal’asi” xususiy korxonasi tashabbusi bilan qurilayotgan zamonaviy majmua tarkibidan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, umumiy ovqatlanish maskanlari, bolalar o‘yin maydonchasi hamda ofis binolari o‘rin olgan. Ko‘p qavatli turar joy binosida jami 78 ta zamonaviy xonadon foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda qurilish ishlari zamonaviy me’moriy yechimlar hamda sifatli qurilish materiallaridan foydalangan holda davom etmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati




