Bitiruvchilar uchun sanoat korxonalariga tanishuv sayohati tashkil etildi
2026-09-15 11:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanining “Ishonch” mahallasi bitiruvchilari uchun tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va sanoat korxonalariga tanishuv sayohati tashkil etildi.

Tashrif davomida yoshlar “KADEER PARTS INDUSTRY” hamda “GLOBAL START” MChJ korxonalari faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy kasb va mutaxassisliklar hamda mavjud ish o‘rinlari bilan tanishdilar.
Mazkur tashabbus yoshlarni kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi imkoniyatlar haqida tushuncha berish va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









