Boborahim Mashrab mahallasida aholi xonadonlari o‘rganildi
2026-09-11 17:40:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha manzilli ishlar davom etmoqda.

Bugun Boborahim Mashrab mahallasida kambag‘allik reyestrida turgan oilalarning holati xonadonma-xonadon o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida oilalarning yashash sharoiti, bandligi va daromad manbalari ko‘rib chiqildi. Har bir oilaning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqib, bandligini ta’minlash, daromad manbaini yaratish hamda mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha choralar belgilandi.
Asosiy e’tibor reyestrdagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning barqaror daromadga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilmoqda.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






