“Bunyodkor” mahallasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-12 12:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi loyihalarni amalga oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammoli masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar. Har bir murojaat mas’ul rahbarlar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Bu kabi uchrashuvlar tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati






