Mahallalardagi faoliyat tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
2026-09-14 08:50:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumani hokimligi majlislar zalida mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida mahallalardagi mavjud holat yuzasidan tanqidiy-tahliliy muhokama o‘tkazildi.

Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilinib, ayrim mahallalardagi sustkashlik, mas’uliyatsizlik va ishlarning yetarli darajada tashkil etilmagani keskin tanqid qilindi.
Faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlamagan mas’ullar qat’iy ogohlantirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, har bir mahallada muammolarni manzilli hal qilish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









