“Saxovat” mahallasida reyestrdagi oilalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-09-14 20:00:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan manzilli ishlar davom etmoqda.

“Saxovat” mahallasida ham kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuv davomida oilalarning mavjud muammolari, bandlik holati va daromad manbalari tahlil qilinib, har bir oilaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Jumladan, fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar belgilandi.
Mazkur sa’y-harakatlar oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror daromad manbalarini shakllantirish va kambag‘allikdan chiqarishga xizmat qiladi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati









